Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurbon hayiti arafasida Turkiya Oʻzbekistondagi falokatdan jabrlanganlarga yordam qoʻlini choʻzdi
09:26 / 2020-07-31

Joriy yilning may oyida Sardoba suv omborida sodir boʻlgan devor yorigʻi natijasida koʻplab turar-joylar suv ostida qolgani sababli viloyatdan qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilingan edi.


Qurbon hayiti bayrami arafasida Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba falokatidan jabrlanganlarga qariyb 14 tonna mahsulotni insonparvarlik yordami sifatida yetkazib berdi.

Joriy yilning may oyida Sardoba suv omborida sodir boʻlgan devor yorigʻi natijasida koʻplab turar-joylar suv ostida qolgani sababli viloyatdan qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilingan edi.

Falokatdan soʻng Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ehtiyojlar roʻyxatiga muvofiq, AFAD tomonidan yetkazib berilgan gumanitar yordam taʼminotini olib boruvchi yuk mashinasi avto-karvoni 30-iyul - payshanba kuni Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumaniga yetkazilib, tumandagi mutasaddilarga topshirildi.

Mavzu yuzasidan bayonot bergan Turkiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er 2020-yilning 1-may kuni sodir boʻlgan talafotdan soʻng darhol Turkiyaning barcha tegishli tashkilotlari hamda Oʻzbekiston hukumati oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatib, falokat natijasida koʻrilgan talafotlarni bartaraf etish uchun samarali qadamlar tashladi, boʻlgan oʻzbekistonlik qardoshlari uchun qaygʻu chekayotganini aytdi.

COVID-19 pandemiyasi dunyo miqyosida qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgan bir mahalda, ushbu balo natijasida yuzaga kelgan talafotlarni sanab oʻtgan Mehmet Sureyya Er Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlatning barcha tegishli tashkilotlari mamlakat aholisining ehtiyojlarini qisqa vaqt ichida qondirish uchun tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Elchi Mehmet Sureyya Er mustahkam birodarlik rishtalariga asoslangan strategik hamkor hisoblangan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamlari borasida Turkiya beeʼtibor emasligini bildirgan holda, TIKA hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan 4000 dona koyka va yotoq uchun komplekt (matras, koʻrpa, yostiq, choyshablar) jabrdiydalarga yetkazib berilganini taʼkidladi. Shuningdek, Qurbon hayiti arafasida AFAD tomonidan taqdim etilgan gumanitar yordamni oʻzbek qardoshlariga taqdim qilayotganidan mamnun ekanligini aytib oʻtdi.