FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida aholi bandligini oshirish, hudud ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan investitsion loyihalar izchil hayotga tatbiq qilinmoqda. Ana shunday istiqbolli tashabbuslardan biri Qumqo‘rg‘on tumanining Azlarsoy mahallasida barpo etilgan “Qumtex Invest” to‘qimachilik korxonasidir.
[gallery-27196]
Umumiy qiymati 73,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu loyihaga ko‘ra, korxona yiliga 8 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash hamda 45 million pogon metr mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Jarayon paxta tolasini ip-kalava qilishdan tortib, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq texnologik zanjirni qamrab oladi. 12 gektar maydonda joylashgan korxona Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya va Turkiyada ishlab chiqarilgan ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu mahsulot sifatini xalqaro standartlar darajasida ta’minlash imkonini bermoqda.
Loyihaning ijtimoiy ahamiyati ham salmoqli. Hozirning o‘zidayoq 800 nafar mahalliy aholi doimiy va barqaror ish o‘rni bilan ta’minlangan. Korxona to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, davlat byudjetiga yiliga 110 milliard so‘m tushum kiritish, shuningdek, 65 million AQSH dollari miqdorida eksport hajmiga erishish rejalashtirilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA