Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qumqo‘rg‘onda ehtiyojmand oilalarga bepul bug‘doy tarqatilmoqda
12:29 / 2021-06-28

Surxondaryo viloyatidagi Qumqo‘rg‘on tumani mirishkorlari joriy yilda 8 ming 183 gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, tezpishar g‘alla navlarini parvarishlab, mo‘l hosil to‘pladi.

O‘rim-yig‘imni uyushqoqlik bilan o‘tkazib qabul punktlariga 18 ming 380 tonnadan ziyod tovar don topshirildi. Shartnomaviy rejadan ortiq yetishtirilgan hosil fermerlarning o‘zida qoldi.

Ilg‘or g‘allakorlar kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘mak berish uchun ularning har biriga bepul don berish taklifini ilgari surdi. Bu tashabbus tuman hokimi R.G‘afforov tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, dastlabki kunda 519 ta kam ta’minlangan oilaning har biriga 200–300 kilogrammdan bepul bug‘doy tarqatildi.  

– Men “Ayollar daftari”ga kiritilganman, – deydi Bo‘ston mahallasida yashaydigan Taxmina Abdullayeva. – Omborimiz donga to‘layotganidan juda xursandman. Inson uchun salomatlik va nondan aziz narsaning o‘zi yo‘q. Ko‘rsatilgan bu yordam dasturxonimizni ancha vaqt obod qiladi. Ilohim, yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod bo‘laversin. Dehqonlarimizning kishti-korini berib, oziq-ovqat mahsulotlarimiz yanada mo‘l bo‘lsin. Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rliklar uchun davlatimizdan behad minnatdormiz. Tumanda ehtiyojmand oilalarga bepul don topshirish davom etmoqda.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA