English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qumqo‘rg‘on tumanidagi sel toshqini armiya va xalq yakdilligini namoyon etdi
14:15 / 2021-05-07

Joriy yilning 6 may kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida soat 14:00 lar atrofida Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Azlarsoy va Bog‘aro mahallarida sel toshqini yuzaga kelgan.

Mudofaa vazirligining Janubiy operativ qo‘mondonligidan xabar qilishlaricha, toshqin boshlanishi bilan mazkur mahallalarga yaqin atrofda joylashgan Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘oni harbiy qismi tezkor navbatchisiga hududdagi ayrim xonadonlarga suv toshib kirayotgani haqida ma’lumot kelib tushgan.

Shu zahoti harbiy qism komandiri, podpolkovnik Asror Do‘stov aholiga amaliy ko‘mak berish uchun toshqin sodir bo‘lgan mahallalarga harbiy xizmatchilar bilan yetib kelib, qisqa vaqtda 150 xonadonga zarur yordam ko‘rsatgan.  

Ayni paytda armiya va xalq yakdilligi namoyon etilgan hududda harbiy xizmatchilar mahallalardagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar hamda aholi xonadonlarini loy va sel suvlaridan tozalash ishlarini yakunlamoqda.

                                                                                                                                       

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA