Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qum bo‘ronidan 730 dan ortiq kishi jabrlandi
10:33 / 2023-08-14

Eronning janubi-sharqidagi Sistan-Baluchiston viloyatida 733 kishi qum bo‘roni sabab turli shikoyatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda Eron Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbalarga tayanib, IRNA agentligi xabar bermoqda.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch kun ichida Siston-Baluchiston viloyatining Zobul, Zexek, Xomun, Girmand va Nimruz tumanlarida 733 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Ulardan 58 nafari shifoxonalarda davolanishni davom ettirmoqda.  

Iyul oyida yuzlab odamlar qum bo‘roni ta’siridan Sistan-Baluchiston viloyatidagi kasalxonalarga yo‘l olgan edi.  

 

O‘zA