French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay sharoit tadbirkor faoliyatining rivojlanishiga xizmat qilmoqda (+video)
16:44 / 2025-04-28

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Muruvvat” kichik sanoat zonasida joylashgan “Meat market” MCHJda aholi ehtiyoji uchun go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib beriladi.

2021 yilda tashkil etilgan korxona tomonidan mamlakatimizga xorij davlatlaridan, xususan, Mo‘g‘uliston davlatidan go‘sht importi amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi, tadbirkor tomonidan qariyb 30 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. 

[gallery-23053]

Kichik sanoat zonasidagi mavjud infratuzilma, qulay shart-sharoitlar tadbirkor faoliyatini kengayishiga xizmat qilmoqda. Shu sabab Turkiya, Fransiya, Rossiya kabi davlatlardan ilg‘or zamonaviy texnologiyalarga buyurtmalar berilgan. Bundan tashqari, chorvachilik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish orqali import hajmini kamaytirib, go‘sht-sut mahsulotlarini tumanning o‘zida yetishtirish asosiy maqsadga aylangan. 

Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga alohida e’tibor qaratilayotgani, zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratib berilayotgani esa ular faoliyatining yanada rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7RgbyzyaDB4" title="Qulay sharoit tadbirkor faoliyatining rivojlanishiga xizmat qilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA