Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay sharoit ish samaradorligini oshiradi
10:17 / 2021-06-20

Mahalla tizimiga qaratilayotgan e’tibor, jumladan, joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasining yangilanayotgani ish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Buxoro viloyatidagi 23 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga «Mahalla» xayriya jamoat fondi tomonidan mebel, zamonaviy kompyuter jamlanmasi, rangli printerlar olib berildi.

–Yangi binoda ish boshladik, – deydi Romitan tumanidagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Xudoyor Teshayev. – Ish faoliyatimizni samarali tashkil etish uchun mebel hamda zarur moddiy texnika jihozlari olib berildi. Samarali ishlash uchun barcha qulaylik yaratildi.

Tadbirda «Mahalla» xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Soqijon Karimov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimi Muhtarama Bo‘riyeva, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Feruza Ibragimova hamda «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Kozimovlar qatnashdi.

Tadbirda Prezidentimiz tomonidan tizim vakillariga ish samaradorligini oshirish borasida yaratilayotgan qulay sharoit va keng imkoniyatlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

Zarif Komilov, O‘zA