French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay sarmoyaviy muhit samaralari
13:24 / 2015-08-13

“Jizzax” maxsus industrial zonasida tejamkor elektr chiroqlari ishlab chiqaradigan “Yorqin Chiroqlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

“Jizzax” maxsus industrial zonasida tejamkor elektr chiroqlari ishlab chiqaradigan “Yorqin Chiroqlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

Prezidentimizning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, hududda tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit xorijlik sarmoyadorlarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Koreyalik hamkorlar bilan sheriklikda ish boshlagan korxona hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etgan holda, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi ifodasidir.

Yiliga 2,5 million dona yorug‘lik diodli tejamkor elektr chiroqlari ishlab chiqarish quvvatiga ega va umumiy qiymati 2,5 million AQSh dollarilik ushbu loyiha “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Janubiy Koreyaning “Owell” korporatsiyasi hamkorligida bunyod etildi. Korxonada joriy yilning uchinchi choragida 21 ming donadan ziyod tejamkor lampa ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Korxonada yaratilgan 30 doimiy ish o‘rnining asosiy qismini kasb-hunar kollejlarini birtirgan yosh mutaxassislar band etdi.

– Yangi turdagi mahsulotning afzalligi elektr energiyasini o‘ta kam sarflashidadir, – deydi Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari o‘rinbosari Xayrulla Otaboyev. – Hozirgi kunda mamlakatimizda foydalanilayotgan o‘rtacha 60 vattli 43 million dona oddiy cho‘g‘lanma lampaga 6,5 milliard kilovatt soat elektr energiyasi sarflanadi. Agar ular yorug‘lik diodli lampalarga almashtirilsa, energiya sarfi 5 milliard kilovatt soatni tashkil etadi. Bu ushbu energiyani ishlab chiqarishga sarflanadigan 1,6 milliard kub metr tabiiy gaz yoki 5 million tonna ko‘mir yoqilg‘isini tejash demakdir.

Qo‘shma korxona ish boshlashi bilan “Jizzax” maxsus industrial zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 6 taga yetdi. Bundan avval hududda quyosh issiqlik panellari, sanoatbop tikuv mashinalari, barcha turdagi transport vositalari uchun tormoz kolodkalari, gipsokartonlarni montaj qilishda qo‘llaniladigan turli vositalar, polipropilen quvurlar va ularni ulashda ishlatiladigan qismlar ishlab chiqaradigan korxonlar ishga tushirilgan edi.