Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yaratiladi
17:08 / 2020-09-11

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Videokonferensaloqa shaklida oʻtkazilgan yigʻilishda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida partiyaning kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, partiyaning yoshlar bilan ishlash yoʻnalishidagi faoliyatini yana-da kuchaytirish, OAV bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish va partiya matbuotini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Yigʻilishda partiya tuzilmalari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalash, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga moʻljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etishni qamrab oladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Bu borada partiya saylovoldi dasturida belgilangan “Har bir oila – tadbirkor” degan gʻoyani izchillik bilan hayotga tatbiq etish, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, taʼlim muasassalarida tadbirkorlik darslarini oʻtish, Tadbirkorlar akademiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun esa konsalting markazlarini tashkillashtirish kabi yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar saylovchilar kutgan darajada emasligi tanqid qilindi.

Yana bir kechiktirib boʻlmas muhim masala – Tadbirkorlik va investitsiya kodekslarini tezroq ishlab chiqishdir. Binobarin, tadbirkor va investorlar uchun oddiy, tushunarli va yaxlit qonunchilik asoslarini yaratish partiya faollarining bu boradagi ishlarni tizimli va sifatli tashkil etishiga bogʻliq.

Muhokamalar davomida partiyaning eng muhim boʻgʻinlaridan biri boʻlgan “Yoshlar qanoti” faoliyatini takomillashtirish, partiyaga yoshlarni keng jalb qilish uchun oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari bilan tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish masalasi ham koʻrib chiqildi.