Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay ishbilarmonlik muhiti – taraqqiyot omili
12:54 / 2016-12-22

Namanganda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda moliya-bank institutlari ishtiroki, qonunchilik, amaliyot va uni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Namanganda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda moliya-bank institutlari ishtiroki, qonunchilik, amaliyot va uni yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi viloyat kengashi, viloyat moliya boshqarmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, tijorat banklari mutaxassislari, yirik korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi milliy iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

– Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasida dolzarb va istiqbolli vazifalar qamrab olingan, – deydi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari, Kengashning mahalliy byudjetni shaklllantirish va uni ijoro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Odiljon Mamatkarimov. – Jumladan, ma’ruzada siyosiy partiyalar uchun ham tegishli vazifalar belgilandi. Parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, siyosiy partiyalarning fuqarolar maqsad va manfaatlarini ro‘yobga chiqaradigan kuch sifatidagi rolini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunlar, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlashdagi ishtirokini kuchaytirish davr talabidir.

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining saylovoldi dasturida ham kuchli milliy iqtisodiyotni shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ular uchun soliq miqdorini kamaytirish, bojxona imtiyoz va preferensiyalari, imtiyozli subsidiyalarni joriy etish ustuvor vazifalar sifatida ilgari surilgan.

Viloyatda tadbirkorlar, xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016-yilning o‘tgan davrida Germaniya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etgan 30 dan ziyod tadbirkorlik subyekti xorijlik ishbilarmonlar bilan o‘zaro iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 25 shartnoma va kelishuvni imzolashga erishgan. Xususan, “Namangan momiq sochiqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati 4 million, “Sof asal” korxonasi 500 ming AQSh dollarilik eksport shartnoma portfeliga ega bo‘ldi. Ayni paytda bir qator tadbirkorlik subyektlari 2017-yilda Italiya, Fransiya, Malayziyada o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari ham faol ishtirok etayotir. 2016-yilning o‘n bir oyi davomida tijorat banklari tomonidan tadbirkorlar, ishbilarmonlar va hunarmandlarga 654 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu 2015-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘pdir. 2017-yilda bu ko‘rsatkichni 1 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. Kredit mablag‘lari asosan sanoat, mahalliy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.

Seminarda mamlakatimizda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, ayniqsa “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i ostidagi mahsulotlari bilan milliy iqtisodiyotimiz yuksalishiga munosib hissa qo‘shayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida fikr almashildi.