Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qulay daromad manbai
13:51 / 2016-02-24

Prezidentimiz rahnamoligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi daromadlari va turmush farovonligini yanada oshirishda yuksak samaralar bermoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi daromadlari va turmush farovonligini yanada oshirishda yuksak samaralar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. Ushbu qonun biznesning yangi turi – oilaviy biznesning tashkiliy-huquqiy asosini belgilab berdi, ushbu turdagi faoliyatni davlat tomonidan rag‘batlantirishni mustahkamladi. Oilaviy korxona a’zolarining huquq va majburiyatlari, mehnat munosabatlarini tartibga soldi. Milliy qadriyatlarimiz va xo‘jalik faoliyatining obyektiv voqeliklariga to‘liq mos keladigan ushbu biznes shakli bugun mamlakatimizda keng rivojlanmoqda. Yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda.

Farg‘ona viloyatida ham ko‘plab oilaviy korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Beshariq tumanida xususiy tadbirkorlikning ushbu shaklini yo‘lga qo‘yib, yuqori daromad olayotgan xonadonlar ko‘p.

Ikki mingdan ziyod tadbirkorlik subyektining tuman yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortmoqda. Ilgari hududda ishlab chiqarishning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi, chorva, sanoat mahsulotlari va savdo tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda oilaviy korxonalarda hunarmandlik va xizmat ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish salmog‘i ortib bormoqda.

Muhammadjon Xolmatovning oila a’zolari dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish hisobidan mo‘may daromad olmoqda. Turmush o‘rtog‘i Qoriyaxon opa qishki bosh kiyimlar tikadi. Sifatli mo‘yna olish uchun ondatra xonadonning o‘zida parvarishlanmoqda.

– Oilaviy tadbirkorlik bizga keng imkoniyatlar yaratmoqda, – deydi Muhammadjon aka. – Ayniqsa, soliq sohasidagi qator imtiyoz va qulayliklar yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishimizda qo‘l kelayotir. Oilamizning barcha a’zosi muayyan ish bilan band. Bu bolalar tarbiyasida ham alohida ahamiyatga ega.

Oilaviy korxonada ondatra mo‘ynasidan yiliga 600-700 bosh kiyimi tayyorlanmoqda. Tabiiy mahsulotdan tikilgan telpak bozorda xaridorgir. Ayni paytda bu yerda eskirgan do‘ppiyu telpaklar ta’mirlab beriladi. Eng muhimi, 10 ga yaqin xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.

Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘plab imtiyozlar yaratilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad oilalar daromadini oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishdir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror bo‘ladi.