FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida ham 30 iyul – Xalqaro do‘stligi kuni keng nishonlandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, do‘stlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.
[gallery-12959]
“Afsonalar vodiysi” tematik parkida tashkil etilgan “Qudratimiz - birlik va hamjihatlikda” nomli tadbir ham millatlararo hamjihatlikni ta’minlash maqsadiga qaratildi.
Tadbirda Koreys, Rus, Tojik va Qirg‘iz milliy madaniy markazlari o‘zlarining badiiy-musiqiy chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etdi. Shuningdek, tadbir doirasida turli millat urf-odat va qadriyatlari aks etgan ko‘rgazmalar, milliy libos va taomlar namoyishi tashkil etildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA