Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Quad yetakchilari uchrashuvi 24 mayda Yaponiyada bo‘lib o‘tadi
11:35 / 2022-04-28

Yaponiya, AQSH, Hindiston va Avstraliyaning xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqoti bilan bog‘liq uchrashuv (Quadrilateral Security Dialogue, Quad) 24 mayda Yaponiyada hududida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Bu haqda Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Xirokadzu Matsuno payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Anjumanda u AQSH Prezidenti Jo Baydenning mamlakatga tashrifi haqida atroflicha to‘xtatilb o‘tgan.

"Prezident Bayden 22 dan  24 maygacha mamlakatimizda bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, u 23 may kuni Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan uchrashadi,  24 mayda esa Quad  to‘rtligining muzokaralarida ishtirok etadi", – deya e’lon qildi Matsuno.

Bundan oldinroq Baydenning Yaponiyaga bo‘lajak  tashrifi haqida Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ham ma’lum qilgan edi.