Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“QS Eurasia Forum” ilk bor O‘zbekistonda (+video)
19:35 / 2025-11-25

Ayni damda poytaxtimiz ilk bor “QS Eurasia Forum”ga mezbonlik qilmoqda. “QS Quacquarelli Symonds” hamda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida Markaziy Osiyo universitetida o‘tkazilayotgan forum Yevroosiyo ta’lim makonidagi eng muhim akademik voqelik sifatida e’tirof etilmoqda.

Tadbirda 300 dan ortiq ishtirokchi – Osiyo va Yevropaning yetakchi universitetlari, vazirliklar, ilmiy markazlar va ta’lim sohasi mutaxassislari qatnashmoqda. 

Yig‘inda iqlim o‘zgarishi, texnologiyalarning tezkor rivoji, mehnat bozoridagi transformatsiya kabi global muammolar qatorida universitetlar o‘rtasidagi integratsiyaning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.

E’tiborli jihati, forumda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim tarmog‘ining sezilarli rivoji, qo‘shma universitetlar sonining ortishi, xalqaro akkreditatsiyalar ko‘payishi va akademik mobillikning kuchayayotgani alohida e’tirof etildi. Diyorimizning 7 universiteti QS reytinglaridan joy olgani O‘zbekistonning global ta’lim makonida mustahkam pozitsiyaga ega bo‘layotganini ko‘rsatadi.

[gallery-26415]

Joriy yilgi “QS Eurasia Forum” “Imkoniyatlar salmog‘ini oshirish: oliy ta’limda global ko‘priklar qurish” mavzusi atrofida o‘tmoqda. Dastur Yevroosiyoning Sharq va G‘arbni bog‘lashdagi roliga bag‘ishlangan bosh panel, “To‘siqlarni yengib o‘tish” sessiyasi, xalqaro hamkorlik modellarini tahlil qilish, global sheriklik va universitetlar transformatsiyasi bo‘yicha mahorat darslari va “QS World University Rankings” bo‘yicha amaliy seminarlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, forum doirasida “QS Stars” va “QS World University Rankings Awards” mukofotlari taqdim etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: “QS Quacquarelli Symonds” — oliy ta’lim sohasida global tahlil, ekspertlik va reyting xizmatlarini taqdim etuvchi xalqaro platforma bo‘lib, universitetlar rivoji uchun muhim standartlarni belgilaydi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MJnBDKBXphg?si=yqV4KBR-dKSxaoPm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Asliddin Alijonov (foto)

Doniyor Yoqubov (video),

O‘zA