Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qrimlik o‘quvchilar o‘zbek adiblarini o‘qishadi
10:20 / 2024-02-12

“O‘zbek adabiyotini dunyo o‘qisin!” nomli loyihamiz natijasi sifatida kuni kecha uzoq Qrim Respublikasidan xushxabar oldik.

Qrim yozuvchilar uyushmasining “Belaya Skala” adabiy-badiiy jurnali 2023 yildagi 4-sonida Abdusaid Ko‘chimovning “Sыn”nomli hikoyasi, G‘ayrat Majidning “Pamyat detstva k jizni”, “Moyemu nastavniku”, “Ey, svetok!” va boshqa turkum she’rlari, Muhiddin Abdusamadning “Potryaseniye”, “Pismena o tvoix glazax” va boshqa turkum she’rlari, Shodi Otamurodning “Ostanovite zemlyu, ya soydu!” umumiy sarlavhasi ostidagi “Ona”, “Osen”, “Mir” nomli she’rlari, Xurshid Tojiboyevning “Novogodniy syurpriz” nomli hikoyasi va Nargiza Asadovaning “Maska” nomli hikoyasi chop etildi.  

“Belaya Skala” adabiy-badiiy jurnalida nasr, nazm, publitsistika janrlari bilan birga, san’at, madaniyat va diniy mavzulardagi asarlar berib boriladi. Jurnalning bir sonida ko‘plab o‘zbek adiblarining asarlari berilishi o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqish ortayotganidan darakdir.  

Gulnoz Tojiboyeva,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

O‘zA