Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizga tushirilishi xalqning soliq tushumidan 3 foiz zarar ko‘rishimi yoxud?..
12:33 / 2022-12-28

Joriy yilning 20 dekabr sanasida Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga murojaatining guvohi bo‘ldik. Prezident iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilishi, ichki imkoniyatlar to‘liq safarbar qilinishi va xususiy sektor yanada qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi.

Tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlar davom ettirilajagini, jumladan, 1 yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi e’lon qilindi. Natijada tadbirkorlar yiliga kamida 14 trillion so‘m mablag‘ni erkin tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lishi prognoz qilindi.  

Barchamizga ma’lumki 2020 yilga qadar QQS 20 foizni tashkil etar va bu o‘z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishini birmuncha qiyinlashtirgan edi. Davlat rahbarining yuritayotgan oqilona siyosati tufayli 20 foiz soliq yuki 2020 yilda 15 foizga, 2023 yildan esa 12 foizga tushirilmoqda. Bu albatta kichik va o‘rta biznesning safi kengayishiga, mavjudlaring yana-da rivojlanishiga zamin yaratadi.  

Tadbirkorlarning soliq yuki kamayishi ular ko‘rsatadigan xizmat va savdo turlarining narx-navosi pasayishi mumkinligini bildiradi. Demak, ushbu islohot qaysidir darajada inflyatsiya oshib ketishini kamaytirishga xizmat qiladi deyish mumkin.  

Bunga misol sifatida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati murakkab geosiyosiy vaziyat fonida 2021 yildagi 7,4 foizdan 2022 yilda 5,7 foizgacha pasayishi progozini ayta olamiz. Shuningdek, iqtisodiyotimizning o‘sish sur’ati 2023 yilda 5,3 foiz atrofida, 2024 yilda 5,6 foiz, 2025 yilda esa 6,0 foiz miqdorida bo‘lishi prognoz qilinayotgani ham bunga yaqqol misoldir.  

Shunday ekan, soliq stavkalarining tushirilishi nafaqat tadbirkorlarning foydasiga xizmat qiladi, balki tom ma’noda xalqning xam foydasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.  

 

Aygul PERNEBEKOVA,  

«Adolat» SDP Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi