Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
QQS: 2020-YIL 1-YANVARDAN NIMA OʻZGARADI
17:43 / 2019-07-16

Prezident 10.07.2019-yildagi “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4389-son qarorni imzoladi.


Prezident 10.07.2019-yildagi “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4389-son qarorni imzoladi.

Jarimalar – faqat moliyaviy
Tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va xodimlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin. Buning uchun tadbirkorlik subyekti:
● aniqlangan huquqbuzarlikni tan olishi; 
● soliq organining qarorini olgan kundan ¬eʼtiboran 10 kun muddat ichida moliyaviy jarimalarni ixtiyoriy ravishda toʻlashi kerak. 

QQS – yangi qoidalar 
2020-yil 1-yanvardan boshlab:
● QQSni toʻlashga oʻtadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq organlarida ushbu soliqning toʻlovchisi sifatida majburiy hisobga olinadi va bu QQS summasini hisobga olishning sharti hisoblanadi;
● QQSni toʻlashga oʻtishda uning summasi QQSni toʻlashga oʻtilgan sanadan avvalgi oxirgi 12 oyda xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tasdiqlangan qoldiqlari boʻyicha realizatsiya hajmiga mos keladigan ulushda hisobga olinadi;
● QQSni toʻlashga oʻtish yoki Yagona soliq toʻlovi (YAST)ni toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma QQSni toʻlashga oʻtiladigan oy boshlanishidan oldin 10 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

“Tax free”, soliq krediti va boshqa topshiriqlar 
Birinchidan, onlayn-NKMlari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar boʻyicha jismoniy shaxslarga daromad, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha chegirmalar berish yoki cheklarda koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarib berish rejalashtirilayotir. DSQ aniq takliflarni 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim. Kelasi yildan boshlab esa insofli tadbirkorlarni ragʻbatlantirish va jamoatchilik nazoratini rivojlantirish maqsadida “Chekni talab qil va sovgʻa yutib ol” ommaviy aksiyalarini oʻtkazishni boshlaydilar. 
Ikkinchidan, Moliya vazirligi va DSQ 3 oy muddatda quyidagilarga taalluqli takliflarini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
● chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtishda xarid qilingan tovarlar uchun toʻlangan QQSni qaytarish (“Tax free”) tartibini belgilash;
● coliqlar boʻyicha toʻlovlarni keyinchalik boʻlib-boʻlib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutini joriy etish;
● moliyaviy jarimalarni undirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish: qarorni olgan kundan boshlab uning 50%ini 10 kun davomida ixtiyoriy ravishda toʻlaganda, qolgan summani toʻlashdan ozod etiladi;
● yalpi tushumning chegaraviy miqdorini sunʼiy ¬pasaytirishga qaratilgan xatti-harakatlarga (boʻlinish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va boshqalar) chek qoʻyish. Mazkur holatlar aniqlanganda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summasiga soliq organlari tuzatish kiritishi va ularni sud tartibida undirishi mumkin. 
Uchinchidan, 2019-yil 1-dekabrga qadar soliq hisobotini topshirish tizimi bilan integratsiya qilingan Buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimini ishga tushirishlari kerak. U buxgalteriya hisobini amalga oshirish hamda soliq organlari bilan real vaqt rejimida maʼlumotlar almashish imkonini beradi. 1.01.2020-yildan boshlab bu tizimdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ushbu dasturiy mahsulotni qoʻllagan davrida tekshirilmaydi. 
Toʻrtinchidan, Transport vazirligi 3 oy muddatda “UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimi bazasida “Yuk tashishlar monitoringi” axborot platformasini ishlab chiqadi. U yuk tashuvchilar tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini (hisobvaraq-faktura (invoys), yukxat va boshqa hujjatlarni) roʻyxatdan oʻtkazishni, yuk joʻnatuvchilar va uni qabul qilib oluvchilar tomonidan real vaqt rejimida tovarlar harakatini monitoring qilishni taʼminlaydi. Kelasi yil boshidan boshlab yuk tashuvchilar tomonidan tovarning kuzatuv hujjatlarini axborot platformasida roʻyxatdan oʻtkazish majburiy boʻladi.

Manba: “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasi.