Qozoqboy Yo‘ldoshev: "Inson o‘zligini yo‘qotmasligi kerak!" (+video)
Birlashgan Millatlar Tashkilotidan olingan ma’lumotlarga qaraganda ayni paytga kelib voyaga yetgan dunyo aholisining 750 millionlik qismi "savodsiz" hisoblanadi. Maktab yoshidagi 250 million bola savod chiqarmagan, 124 million bola esa maktab nima ekanini bilmaydi.
Jahondagi aksariyat mamlakatlarda hukm surayotgan to‘xtovsiz urushlar va bu mamlakatlarning ichki ishlariga g‘arblik “yordamchilar”ning aralashuvi sabab maktab va boshqa ta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtagan. Bu o‘z-o‘zidan savodsizlikning ortishiga sharoit yaratmoqda. Savodsizlik nafaqat notinch mamlakatlarda, balki rivojlanayotgan davlatlarda istiqomat qilayotgan yoshlar orasida ham uchrab turibdi.
"Shaxsiy mulohaza" loyihasining navbatdagi mehmoni pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan bugungi kunda fojiaga aylanib borayotgan ijtimoiy savodsizlikning sabablari va oqibatlari haqida batafsil suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/t1RcvUfy5as" title="Qozoqboy Yoʻldoshev: “Inson oʻzligini yoʻqotmasligi kerak!”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O'zA