Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozoq rassomlari koʻrgazmasi ochildi
18:06 / 2019-10-28

Nukus shahridagi I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanʼat muzeyida “Oqtoʻbedagi shahar” koʻrgazmasi ochildi.

2019-yil – Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili

Nukus shahridagi I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanʼat muzeyida “Oqtoʻbedagi shahar” koʻrgazmasi ochildi.

Koʻrgazmada Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻbe viloyati tasviriy sanʼat muzeyida saqlanib kelinayotgan asarlar namoyish etilmoqda. Koʻrgazmadan 24 rassomning 70 dan ziyod asari oʻrin olgan boʻlib, ular oʻziga xos janr, tasvir, portret, natyurmortlar, turli manzaralar hamda grafik asarlardan iborat. Ayrim asarlarda esa tarixiy davr bilan hozirgi zamon manzaralari, qozoq xalqi tarixi va madaniyati, Oqtoʻbe shahriga boʻlgan zavq va muhabbat ifodalangan.

– Oʻzbekistonda Qozogʻiston yili munosabati bilan tashkil etilgan koʻrgazmaning asosiy maqsadi, oqtoʻbelik, umuman qozoq rassomlarining ijodi bilan qoraqalpoqlik sanʼat muxlislarini tanishtirish, ikki davlat rassomlarining ijodiy hamkorligini mustahkamlashdir, – deydi Oqtoʻbe viloyati tasviriy sanʼat muzeyi direktori Marat Gabdraxmanov. – Ular orasida Aydar Yespayevning “Uy yonidagi kampir opalar”, Aleksey Vereshaginning “Oqshom”, Liliya Belikovaning “Natyurmort”, Irina Qurmanalinaning “Baliqchilik”, Jirgal Maturaimovning “Qaytish”, Janibek Yesengʻulovning “Bura”, Marat Bekeyevning “Kun oxirida” va boshqa rassomlarning asarlari namoyish etilmoqda.

Koʻrgazma 30-oktyabrgacha davom etadi.