Qozoq kurashida mutlaq g‘oliblikni rossiyalik polvon qo‘lga kiritdi
Avval xabar qilganimizdek, 2 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasining Almata shahridagi Polvon Shulok majmuasida Qozoq kurashi bo‘yicha mutlaq vazn toifasida jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Avval xabar qilganimizdek, 2 dekabr kuni Qozog‘iston respublikasining Almata shahridagi Polvon Shulok majmuasida Qozoq kurashi bo‘yicha mutlaq vazn toifasida jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan murosasiz bahslarda dunyoning 30 mamlakatidan kelgan nomdor polvonlar g‘oliblik uchun gilamga chiqishdi. Final bahsi Rossiyalik polvon Roman Bobikov va Qozog‘istonning bir necha bor chempioni Oybek polvonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Xar ikkala sportchi bir qator turnirlarda ro‘baro‘ kelishgan. Kuchlar teng bo‘lganligi bois ushbu final bahsi keskin va qiziqarli tarzda kechdi. Va nihoyat hal qiluvchi uchrashuvda g‘alaba rossiyalik atlet Raman Bobikovga nasib etdi. Oybek Nugmarov ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni mezbon sportchi Maqsad Isagabilov va hamyurtimiz Muhsin Hisomiddinovlar band etishdi.
Rayimboy RAJABOV