French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozoq adabiyoti kengashining navbatdagi yig‘ilishi
18:58 / 2022-06-07

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Qozoq adabiyoti kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid, Tarjima kengashi raisi Zuhriddin Isomiddinov, qozoq adabiyoti kengashi raisi Tursunali Ahmedov, kengash faollari, tarjimonlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Turkiy adabiyot xazinasidan” 100 jildlik asarlar majmuasining qozoq adabiyoti bo‘limiga tegishli nashr ishlari muhokama etildi. Kengash faollari Qaldibek Seydanov, Muzaffar Ahmad, Abdulla Rustamov, Lola Junusova nashr ishlarini jadallashtirish yo‘lida hal etilishi kerak bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Majmuaga qozoq mumtoz adabiyoti namoyandalari bilan birga Mag‘jon Jumaboy, Shokarim Xudoyberdi o‘g‘li, Ahmad Boytursunov, O‘ljas Sulaymonov, Abdujamil Nurpeisov, Muxtor Shoxonov, Muqag‘ali Muqatayev kabi zamonaviy qozoq adabiyotining yirik vakillari asarlarining yangi tarjimalari ham kirgan.

Majmuadagi zamonaviy qozoq she’riyati va zamonaviy qozoq nasri antologiyalarini jamlash, tarjima qilish va tartib berish ishlari katta e’tibor talab qilayotgani xususida to‘xtalib o‘tildi. 

Shu bilan birga, tarjima qilinishi taqozo etilayotgan asarlar ko‘p ekani, tarjima jarayonida qozog‘istonlik o‘zbek ijodkorlari ham ishtirok etayotgani qayd etildi.

Kitoblarning elektron variantlarini nashrga benuqson tayyorlab berish borasidagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

N.Usmonova, O‘zA