Rossiyaning «YUVT AERO» aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi.
«O‘zaviatsiya» agentligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida imzolangan havo qatnovi to‘g‘isidagi hukumatlararo kelishuvga binoan, «YUVT AERO» aviakompaniyasi joriy yil 17 avgustda Qozon-Samarqand-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Parvozlar CRJ-200 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Rossiyaning «YUVT AERO» aviakompaniyasi 2015 yilda yopilgan «Ak Bars Aero» negizida tashkil etilgan. Aviakompaniya Qozon, Bugulma va Begishevo aeroportlarida joylashgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi Bugulmada joylashgan. Bugungi kunda aviakompaniya Tatariston shaharlaridan muntazam yo‘lovchi avaqatnovlarini amalga oshirib kelmoqda.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA