Qozondagi teatrda “Sands of Time” konserti o‘tkazildi (+video)
Qozon shahrida joylashgan Tatar davlat akademik teatri sahnasida “Sands of Time” konserti bo‘lib o‘tdi. Tadbir nafaqat musiqiy tadbir sifatida, balki ikki mintaqa o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning muhim ramziy voqeasi sifatida katta e’tibor qozondi.
Maestro Alibek Qabdurahmonov rahbarligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va ijodiy yo‘li xalqaro sahnalarda iz qoldirgan “Richter Trio” kechada o‘ziga xos badiiy uyg‘unlik yarata oldi.
Konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Tatariston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida tashkil etildi.
Videoni ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali tomosha qiling.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4H-zV3pCKRs" title="Qozondagi teatrda “Sands of Time” konserti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA
Qozon, Tatariston (Rossiya)