Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozonda uch bosqichli “Do‘stlik o‘yinlari” boshlandi
13:28 / 2022-07-21

Bugun, 21 iyul kuni Tatariston poytaxti Qozonda suv sport turlari bo‘yicha “Do‘stlik o‘yinlari” musobaqasi boshlandi.

Aytish joiz, mazkur o‘yinlar uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Uning ilk bosqichi “Tinchlik” bashlari bugun start olib, 2 avgustgacha davom etadi. “Sport” shiori ostidagi ikkinchi bosqich musobaqalari joriy yilning 9-26 noyabr kunlari birinchi bosqichda saralanganlar ishtirokida tashkil etiladi.

Uchinchi bosqich “Afsona” nomi ostida dekabr oyida o‘tkaziladigan musobaqalarda jahon reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan sportchilar bilan  birinchi va ikkinchi bosqichda belgilangan me’yorlarni bajargan sportchilar qatnashadi.

O‘yinlarda 16 ta mamlakat sportchilari qatorida O‘zbekiston suv sport turlari jamoalari ham qatnashmoqda.

Tashkiliy qo‘mita xabariga ko‘ra, bahslarda Rossiya, Jazoir, Armaniston, Belarus, Venesuela, Vetnam, Serbiya, Qozog‘iston, Suriya, Sudan, Tojikiston, O‘zbekiston, Ekvador mamlakatlarining 1 ming 300 nafar sportchisi ishtirok etmoqda.

Uning o‘ziga xos jihati, musobaqalarda endigina katta sport maydoniga kirib kelgan yoshlar bilan olimpiya o‘yinlari hamda jahon chempionatining sovrindorlari, g‘oliblari ham qatnashadiki, bu, yosh sportchilarning mahorati yuksalishiga xizat qiladi. 
Musobaqalardagi natijalar Xalqaro suv sport turlarining belgilangan reyting tizimlarida qayd etiladi.

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA