Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozon federal universitetida xitoyshunoslar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
10:04 / 2021-11-12

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori, xitoyshunos Elyor Mahmudov 11 noyabr kuni Qozon federal universiteti tomonidan tashkillashtirilgan “Rossiya-Xitoy: tarix va madaniyat” nomli XIV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilishida ishtirok etdi.

U o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda xitoyshunoslik rivojiga to‘xtalib, sohadagi ilmiy tadqiqotlarning chuqur o‘rganilishida mazkur konferensiyaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga, E.Mahmudov Qozon federal universiteti rektori I.Gafurov, prorektorlar T.Alishev va M.Safiullinlar bilan kelajakdagi hamkorlik rejalarini belgilovchi qator uchrashuvlar o‘tkazdi.