Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozon federal universiteti bilan Memorandum imzolandi
18:04 / 2022-03-09

Davlat test markazi va Qozon federal universiteti o‘rtasidagi navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat test markazi direktori Majit Karimov, mutasaddilar hamda Qozon federal universiti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Dmitriy Tayurskiy, prorektor Timirxan Alishev hamda universitetning bir qator vakillari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda har ikki tomon rahbarlari o‘rtasida muntazam tajriba almashish, aloqalarni mustahkamlash, uchrashuvlarning davomiyligini ta’minlash choralari kabi masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv so‘ngida  ikki tashkilot o‘rtasida Memorandum imzolandi. 



Davlat test markazi va Qozon federal universiteti o‘rtasida Memorandum imzolash orqali muhim sohalarda hamkorlik qilishga kelishildi. 

Faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Memorandumda rus tilidan test topshiriqlarini shakllantirish, buning uchun ishchi guruh tashkil qilish, hamkorlikda test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va boshqa muhim jihatlar ustida amaliy ishlar olib borish ko‘zda tutilgan. 


Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA