Qozog‘istonning seysmik xavfli hududlari ma’lum qilindi
Qozog‘iston hududida seysmik zonalar mamlakat umumiy hududining taxminan 40 foizini tashkil etadi. Mazkur ma’lumot 2024-2028 yillarda seysmologiya sohasini kompleks rivojlantirishga bag‘ishlangan loyihada keltirilgan, deyiladi «Kazinform» agentligi tarqatgan xabarda.
Mamlakatning janubi-sharqiy hududi seysmik jihatdan eng xavfli hisoblanadi, shuningdek, Sharqiy Qozog‘iston, Janubiy Qozog‘iston, Markaziy va G‘arbiy Qozog‘iston mintaqasida ham zilzila xavfi yuqori.
Ma’lumotda keltirilishicha, 2023 yil holatida mamlakatning seysmik xavfli hududlarida 7 million kishi istiqomat qilmoqda.
O‘zA