Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonning birinchi raqamli borti Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi (+video)
16:56 / 2025-04-03

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ham “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. 

Shu o‘rinda O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida ta’kidlash joiz. Barcha darajalarda faol muloqotlar olib borilmoqda. 

Xususan, tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 14 foizga oshdi, umumiy qiymati 4 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dtIdsX4O4d0" title="Qozogʻistonning birinchi raqamli borti Samarqand xalqaro aeroportiga qoʻndi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ikrom AVVALBOEV, Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA muxbirlari