Turizm qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida Qozog‘istonning “Alash Media Group” vakillari Buxoro viloyatiga tashrifi buyurdi.
Tashrifda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, turizm va madaniyat sohasi vakillari, shuningdek, Qozog‘iston delegatsiya tarkibiga kiruvchi “Alash Media Group” xoldingi, “Pantograph Production Center” agentligi va “Tengrinews.kz” axborot portali vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Qozog‘iston bozorida viloyatning ijobiy imijini keng yoritish borasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Xususan, Qozog‘istonda joriy yil iyun oyida tashkil etiladigan etnik tadbirlarda Buxoro viloyati delegatsiyasi ishtirokini ta’minlash orqali viloyatning turizm salohiyatini Qozog‘istonga targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
O‘z o‘rnida, Qozog‘iston tomoni viloyatda bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro Ipak va ziravorlar festivali”,“Xalqaro zargarlik va zardo‘zlik festivali” va boshqa qator tadbirlarda qatnashish istagini bildirdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri