Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonliklarga internet-tovlamachilar 7 milliard tenge zarar keltirdi
12:59 / 2022-08-08

Joriy yil boshidan buyon Qozog‘istonda tovlamachilik bilan bog‘liq 11 ming 763 ta holat ro‘yxatga olindi, deb xabar bermoqda «Kazinform».

Qozog‘iston respublikasi ichki ishlar vazirligi vakili Shug‘ila Turlibekning ma’lum qilishicha, kuni kecha internet-tavlomachilikka qarshi kurash bo‘yicha tegishli muassasalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tgan. Majlisda ma’lum qilinishicha, o‘tgan olti oy davomida internet-tovlamachilik bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin ko‘paygan. Masalan, 2016 yilda mingta shunday jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib internet-tovlamachilik holatlari 21 mingtaga yetgan. Joriy yil boshidan buyon esa 11 ming 763 ta holat qayd etilgan. Tovlamachilar aholiga 7 milliard tenge miqdorida zarar keltirgan.  

Internet-tovlamachiliklarga qarshi kurash natijasida 571 nafar jinoyatchi va 17 ta uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olingan.  

“Jinoyatchilar orasida xorijda turib faoliyat yuritayotganlar ham bor», – deydi IIV vakili.