Qozog‘istonlik sport mutasaddilari Toshkentdagi boks maktabi faoliyati bilan tanishdi
Bugun, 18 oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yoshlar va sport yo‘nalishlariga mas’ul vazirlarining IX yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Qozog‘iston delegatsiyasi vakillari sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamrohligida poytaxtimizdagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tanishuv asnosida qozog‘istonlik mehmonlar davlatimiz rahbari tashabbusi asosida bunyod etilgan mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktabida yoshlarning boks sport turi bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.

O‘zbekistonda iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning mahoratini oshirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan noyob sport tizimi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi murabbiylari, yosh sportchilar hamda mamlakatimiz sport mutasaddilari bilan muloqotlar yakunida kelgusida mazkur yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini kengaytirish va tajriba almashish masalasida takliflarni ilgari surishdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA