Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonlik professor TDTU Olmaliq filialida
18:15 / 2024-04-15

TDTU Olmaliq filiali bugungi kunda 7 ta xorijiy davlatdagi 17 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. O‘zaro hamkorlik shartnomalarida professor-o‘qituvchilarning akademik mobillik xususida ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Shunga ko‘ra, Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tashabbusi bilan M.Auvezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti professori Gavhar Turebekova filialga tashrif buyurdi. 

Professor G.To‘rabekova 200 dan ortiq ilmiy maqolalar 12 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 15 ta patent va 4 ta ilmiy grant loyihalar muallifi, Qozog‘iston Respublikasi umumiy-majburiy ta’lim davlat standartlari hammuallifi hisoblanadi. 

G.To‘rebekova kimyoviy texnologiya muhandisi sifatida boy tajriba, chuqur bilimga ega mutaxassisdir. Filialga tashrifi davomida mazkur yo‘nalish bo‘yicha kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi, professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashdi. Shuningdek, talabalarga «Yashil kimyo» mavzuida ma’ruza o‘qidi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA