Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonlik mutaxassislar O‘zbekiston mahalla instituti faoliyati bilan tanishdi
18:53 / 2025-10-24

Yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy himoya tizimiga doir islohotlar mintaqa davlatlarini ham befarq qoldirmayapti. Qozog‘iston Respublikasi Gumanitar fanlar maktabi vakillari O‘zbekistondagi ijtimoiy ish tajribasini o‘rganish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi vakillari bilan uchrashdi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Yangi Kamolon va Toshkent viloyatidagi Mustaqillik mahallalarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Tadqiqot jarayonida mehmonlar mahalla yettiligi faoliyati, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar hamda bolalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar mexanizmi, milliy urf-odat va qadriyatlarning faoliyatdagi o‘rni, xatar guruhidagi bolalar bilan ishlash jarayoni, shuningdek, uyda parvarishga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Mehmonlar O‘zbekistonda mahalla institutining ijtimoiy himoya va hamjamiyatlarni mustahkamlashdagi o‘ziga xos tajribasiga yuksak baho berdi. Bu esa mamlakatimiz modelining mintaqaviy miqyosda ham dolzarbligidan dalolat beradi.

Sherbek Islomov, O‘zA