Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonlik fermerlar Farg‘onada bo‘ldi
17:32 / 2023-07-19

Qozog‘istonlik fermerlar va agrar soha mutaxassislari “Global Textile” paxta-to‘qimachilik klasterining ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnologiyalari hamda zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishish maqsadida Farg‘onada bo‘ldilar.

Innovatsion texnologiya va ishlanmalarni tatbiq etib, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan, mamlakatimizdagi yetakchi to‘qimachilik kompaniyalaridan biri – “Global textile” MCHJ tomonidan joriy yilda Qozog‘istonning Turkiston viloyatida “Global Textile Turkestan” paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etildi.  

Qozog‘istonlik mehmonlar dastlab “Global textile” paxta dalalarida bo‘lib, tomchilatib sug‘orish tizimi, zararkunandalarga qarshi kurashda biovositalar qo‘llash jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar, dala ishlarini tashkil etishda foydalanilayotgan Planado hamda ekin maydonlarini samarali nazorat qilishda qo‘llanilayotgan Crop Monitoring dasturlarining imkoniyatlari bilan tashishdilar.

[gallery-12829]

Shuningdek, “Global Textile” tomonidan viloyatda amalga oshirilgan ikki yirik investitsion loyiha – paxta yetishtirish va uni qayta ishlashning to‘liq jarayonini qamragan “Fergana Global Textile” va “Global textile infinity” korxonalarini ham borib ko‘rdilar. Zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari, sifat laboratoriyasi faoliyati, ishlab chiqarishda joriy etilgan energiya tejamkor texnologiyalar mehmonlar diqqatini tortdi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA