English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istondagi yong‘inda olti kishi halok bo‘ldi
11:15 / 2025-10-10

Qozog‘istonning Pavlodar viloyati Solnechniy qishlog‘ida turar-joy binosi yonib ketdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, olov 920 kvadrat/metr maydondagi inshootlarni to‘liq iskanjasiga olgan.

Voqea joyiga 30 ga yaqin qutqaruvchi, 10 ta texnika vositasi yetib kelgan. Uydagi yetti kishidan faqat bir nafari uydan chiqishga ulgurgan. 53 yoshli bu erkak shifoxonaga yetkazilgan.

Olti nafar qurbonning jasadi topilib, ayni payt shaxsi aniqlanmoqda. Falokat sababi ham o‘rganilyapti.