Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istondagi konferensiyada Biznes-ombudsman vakillari ishtirok etdi
16:24 / 2025-07-04

Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida CABIN tashabbusi doirasida “Halollik – biznesda me’yor” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlaridan vakillar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Biznes-ombudsmani devoni mas’ullari ham ushbu tadbirda ishtirok etib, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda mintaqada korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida Markaziy Osiyoda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlarni belgilash yuzasidan fikr almashdi. 

CABIN tashabbusi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashabbusning asosiy maqsadi BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasini jadal amalga oshirishdir. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA