Qozog‘istonda xorijiy san’atkorlar konsertiga endi hukumat ruxsati zarur
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev xorijiy san’atkor ishtirokidagi konsert tashkilotchilari davlat idoralaridan rozilik olishi talab qilingan qonunni imzoladi.
Ijodiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga oid qonunchilikka o‘zgarish kiritadigan mazkur hujjatda chet ellik san’atkorlar qatnashadigan ommaviy madaniy tadbir uchun kamida 30 ish kuni oldin vakolatli idoraga ariza topshirish sharti belgilandi. Ushbu talab bajarilmasa, tegishli qaror bilan konsert taqiqlanishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti rasmiy saytida ma’lum qilindi.
S.Rahimov, O‘zA