Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda uyali aloqa xizmatini ko‘rsatayotgan yirik operatorlardan birining bozordagi ulushini kamaytirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
14:27 / 2022-06-17

Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov Iqtisodiyotni demonopolizatsiyalashtirish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazdi, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi Primeminister.kz. saytiga tayanib. Xabarda ta’kidlanishicha, majlisda raqobatni himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha agentlikning elektr energiya va telekommunikatsiyalar bozorini demonopolizatsiyalashtirish bo‘yicha taklifi muhokama qilingan.

  Xabarda aloqa bozorini demonopolizatsiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida uyali aloqa xizmatini ko‘rsatayotgan yirik operatorlardan birining bozordagi ulushini kamaytirish taklifi ilgari surilgani aytilmoqda.  

Bosh vazir mazkur choraning iqtisodiyotga ta’sirini baholash uchun ushbu masalaga ekspertlar darajasida yondashishga ko‘rsatma bergan.