«Bugun biz siyosiy qatag‘onlar va ocharchilik qurbonlarini xotirlayapmiz. Totalitarizm jinoyatlari xalqimiz ongida chuqur iz qoldirgan. Tariximizning ushbu qorong‘i sahifalarini o‘rganish, barcha aybsiz ayblanganlarga nisbatan adolatni tiklash muhimdir.
Har birimizning burchimiz – o‘tmishning dahshatli saboqlarini o‘zlashtirish va bunday voqealar kelajakda takrorlanmasligi uchun barcha imkoniyatni ishga solish. Biz og‘ir sinov paytlarda sobit turgan, millatning birligini saqlab, gumanistik g‘oyalarga sodiq qolgan o‘tmishdoshlarimizning umidlarini oqlashimiz zarur», – deb yozdi Prezident Qosim-Jomart Toqayev o‘zining ijtimoiy sahifasida.
Qozog‘istonda har yili 31 may kuni Stalin rejimida gunohsiz qurbon bo‘lganlarning (ocharchilik va ommaviy qatag‘on, quvg‘in va majburiy deportatsiya qilinganlar) xotirasi yod etiladi.
Sovet hokimiyati yillarida jami 40 millionga yaqin odam repressiyaga uchragan. Statistikakga ko‘ra, Qozog‘istonda 1921 yildan 1954 yilgacha 100 mingga yaqin odam sudlangan, 20 mingdan ziyod kishi otilgan. Minglab kishilar qamoqda saqlangan, guvohlarning aytishicha, ular ham amalda o‘lim jazosiga hukm qilingan.