Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda qor ko‘chkisi oqibatida uch alpinist halok bo‘ldi
12:36 / 2025-12-29

Olmaotaning “Medeu”hududida taxminan 3700 metr balandlikda sodir bo‘lgan qor ko‘chkisidan keyin uch alpinist halok bo‘ldi. Guruh 24 dekabr kuni toqqa ko‘tarilishni boshlagandi, ammo ular bilan aloqa 26 dekabr kechasi uzilgan, shundan so‘ng ularning yaqinlari favqulodda xizmatlarga murojaat qilishgan.

Qidiruv-qutqaruv amaliyoti past harorat va ko‘chki xavfi bo‘lgan qiyin balandlik sharoitida o‘tkazildi

Ta’kidlanishicha, qurbonlarning jasadlari tog‘dan pastga tushirilgan va politsiyaga topshirilgan. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga tog‘larda sayr qilishda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish haqida ko‘rsatma bergan.

S.Rahimov, O‘zA