Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda qancha xorijiy fuqarolar ishlayotgani ma’lum qilindi
15:44 / 2022-06-24

2022 yil 1 iyun holatida Qozog‘istonda jami 16 ming 424 xorijlik fuqarolar mahalliy ijro orgonlari ruxsati bilan mehnat faoliyatini olib bormoqda.

«Kazinform» xalqaro axborot agentligi Mehnat vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.

Mehnatga jalb qilingan xorijiy mamlakatlar ishchilarning  birinchi toifasi rahbarlar va rahbar o‘rinbosarlari, ikkinchi toifa tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari. Xorijiy ishchilarning asosiy qismi, ya’ni uchinchi toifadagilar  mutaxassislar, to‘rtinchi toifa malakali ishchilar hisoblanadi.  Shuningdek,  mavsumiy ishlarga xorijdan 1 ming 506 kishi jalb qilingan.

Ayni damda Qozog‘istonda 1 ming 762 ta ish beruvchi bor. Ularda 398 ming qozog‘istonlik mehnat qiladi. Bu jami ishchilar sonining 96 foizini tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Qozog‘istonda ishlayotgan mehnat migrantlarining eng ko‘pi Xitoydan kelgan, ikkinchi o‘rinda Turkiya fuqarolari. Mehnat migrantlari ko‘pligi bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi hamda  Hindiston bilan  Buyuk Britaniya to‘rtinchi va beshinchi o‘rinni egallaydi.