Qozog‘istonda parlament Majlisi va mahalliy maslihatlar deputatlari saylovi yakunlandi. Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabar berdi.
Respublika Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning 12 viloyatida saylov uchastkalari Nur-Sulton vaqti bilan soat 20:00 da, 5 ta hududda esa 21:00 da yopilgan. Shunday qilib, navbatdagi saylov kampaniyasi munosabati bilan ochilgan jami 9994 ta saylov uchastkasi o‘z ishini yakunladi.
Bundan tashqari, saylovchilar hozirgacha Qozog‘istonning 53 ta xorijiy davlatdagi vakolatxonalarida tashkil etilgan 66 ta saylov uchastkasining 10 tasida ovoz berishdi. Ayni payt boshqa mamlakatlarda saylov jarayoni davom etmoqda. AQSH va Kanadadagi Qozog‘iston fuqarolari 11 yanvar kuni Nur-Sulton vaqti bilan soat 07.00da ovoz berishni to‘xtatadilar. Viloyatlar, respublikaga bo‘ysinuvchi shaharlar va poytaxt saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, soat 20:00 ga qadar ro‘yxatdagi jami saylovchilarning 63,1 foizi ovoz bergan.
O‘zA