Qozog‘istonda Olimpiada sovrindoriga qancha mukofot beriladi?
Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri o‘rinbosari Serik Jarasbayev Pekinda bo‘lib o‘tadigan XXIV qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan sportchilarga beriladigan mukofot miqdorini ma’lum qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
– Yuqori natija (1-6 o‘rinlar)ni qo‘lga kiritgan olimpiyachilar va paralimpiyachilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi, ularga uy ham beriladi. Birinchi o‘ringa 250 ming, ikkinchi o‘ringa 150 ming va uchinchi o‘ringa 75 ming AQSH dollari beriladi. Bu mablag‘lar Qozog‘iston Respublikasi davlat zaxirasidan to‘lanadi, – dedi vazir o‘rinbosari Markaziy kommunikatsiyalar xizmatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.