Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda niqob taqib yurish tartibi qachon bekor qilinishi ma’lum qilindi
15:58 / 2021-05-28

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy niqob taqib yurish tartibini bekor qilish muhim masalalardan biri hisoblanishini ma’lum qildi, deb yozadi «Kazinform» agentligi.

«Biz avval aholimizning ko‘pchilik qismini emlab olishimiz kerak. Bu reja kuzga borib hal bo‘ladi, sentyabrga borib fuqarolarimizning aksariyat qismi emlanishi kerak. Masalan, niqob taqib yurish tartibi AQSH va Isroilda bekor qilindi. Ularda aholining 60 foizi emlanib bo‘ldi, qolganlarida esa jamoaviy immunitet paydo bo‘ldi. Bizda ham jamoaviy immunitet shakllansa va aholimizning 60 foizi emlansa niqob taqib yurishni bosqichma bosqich bekor qilamiz», – dedi vazir.

Aleksey Soy hammani vaksina olishga chaqirdi.

«Fuqarolarimizni sifatli va bepul vaksina bilan ta’minlay olishimiz Qozog‘istonning katta yutug‘i hisoblanadi», – dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘istonda hozirgacha ikki million kishi emlanib bo‘lgan.