Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda MXQ sobiq rahbari hibsga olindi
11:16 / 2022-01-08

«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimov “davlatga xiyonat”da shubhalanib qo‘lga olingan.

Axborotda "6 yanvar kuni yuqorida keltirilgan ayb bilan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1-qismi 175-moddasiga muvofiq, dastlabki tergov boshlangani" ham qo‘shimcha qilingan.

Ta’kidlanishicha, "shu kunning o‘zida davlatga xiyonat qilganlikda gumonlanayotgan Qozog‘iston MXQ sobiq rahbari Masimov K.K. va boshqa shaxslar ushlangan va vaqtinchalik hibsda saqlash manziliga yetkazilgan".