English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda muxolifat partiya prezident sayloviga nomzod ko‘rsatdi
15:03 / 2022-10-01

Muxolifatdagi Qozog‘iston umummilliy sotsial-deyemokratik partiyasi poytaxtdagi filiali rahbari Nurlan Auyesbayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi. Ushbu qaror shanba kuni bo‘lib o‘tgan partiyaning o‘n to‘qqizinchi navbatdan tashqari s’ezdida qabul qilindi, deyiladi ijtimoiy tarmaqlarda tarqatilgan xabarlarda.

Qozog‘istonda 20 noyabr kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi.

Auyesbayev 2021 yili partiyaning poytaxtdagi filialiga rahbar etib saylangan edi.

Qonun bo‘yicha Qozog‘istonda  prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi ro‘yxatga olingan respublika jamoatchilik birlashmalari, jumladan partiyalarga beriladi.

Prezident bo‘lib saylanish uchun nomzod Qozog‘iston fuqarosi bo‘lishi va shu yurtda tug‘ilib,  so‘nggi 15 yil davomida respublika hududida yashagan bo‘lishi kerak. Nomzod oliy ma’lumotga egaligi, yoshi 40 dan kam bo‘lmasligi, faol saylov huquqa ega bo‘lishi, davlat xizmatida yoki davlat vazifalariga saylanib, kamida 5 yillik tajribaga egaligi va albatta, qozoq tilini bilishi shart qilib qo‘yilgan.

Mazkur partiya 2019 yilda bo‘lib o‘tgan prezident saylovini boykot qilgan edi.