Qozog‘istonning 9 viloyati va respublika ahamiyatiga ega Nur-Sulton, Almati va Chimkent shaharlarida QR Parlamenti Majilisi va maslixatlar deputatlari uchun ovoz berish boshlandi, deb xabar beradi «Kazinform» muxbiri.
Qozog‘iston konstitutsiyasida ko‘rsatilgan muddatga binoan o‘tkazilayotgan Majilis saylovlarida respublikada ro‘yxatdan o‘tgan 5 ta siyosiy partiya, ya’ni «Auil» xalq demokratik vatanparvarlik partiyasi, «Nur Otan» partiyasi, «ADAL» siyosiy partiyasi, «Aq jol» demokratik partiyasi, «Qozog‘iston Xalq partiyasi» vakillari deputatlik mandati uchun da’vogarlik qilmoqda.
Ushbu partiyalar, shuningdek, barcha darajadagi mahalliy maslixatlikka o‘z nomzodlarini ko‘rsatdilar. Hammasi bo‘lib 312 nomzod orasida «Auil» xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan 19; «Nur Otan» partiyasidan 126; «ADAL» siyosiy partiyasidan 16; «Aq jol» demokratik partiyasidan 38 va «Qozog‘iston Xalq partiyasidan» 113 kishi bor. Mahalliy maslixatlikka 832 nomzod, jumladan, «Auыl» xalq demokratik vatanparvarlik partiyasidan – 158, «Nur Otan» partiyasidan – 216, «ADAL» siyosiy partiyasidan – 215, Qozog‘istonning «Aq jol» demokratik partiyasidan – 174 va «Qozog‘iston Xalq partiyasi»dan 69 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Saylov to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunga binoan ovoz berish vaqti qat’iy soat 7.00 dan 20.00 gacha etib belgilangan. G‘arbiy Qozog‘iston, Aqtobe, Atirau, Mang‘istau va Qizilo‘rda viloyatlarida vaqt farqi tufayli saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 07.00 - Nur-Sulton vaqti bilan 08.00 da ochildi.
O‘zA saylov jarayonini kuzatib boradi.