Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda kafe portladi, 7 kishi halok bo‘ldi
11:13 / 2026-02-27

Qozog‘istonning Akmola viloyati Shuchinsk shahridagi turar-joy binosiga tutashgan kafeda gaz portladi.

Hodisa oqibatida yuzaga kelgan kuchli yong‘in yetti insonning hayotiga zomin bo‘ldi. 19 kishi turli darajada jarohat olgani aytilmoqda.

O‘t o‘chiruvchilar yonayotgan binodan sakkizta gaz ballonini olib chiqqan, 10 dan ziyod odamni qutqargan. Ayni payt olov to‘liq o‘chirilib, vayronani tozalash ishlari davom ettirilyapti. Mahalliy hokimiyat idoralari, tez yordam xizmati va tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Portlash sababi tekshirilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA