Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda “Issiq asfalt” texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda
11:34 / 2024-11-06

Qozog‘iston Yo‘l ilmiy-tadqiqot instituti davlat ahamiyatiga molik yo‘llarda “Issiq asfalt” texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Mamlakat Transport vazirligi xabar berishicha, ayniqsa shimoliy hududlar uchun muhim bo‘lgan ushbu yangilik sovuq mavsumda yo‘l qurilishi imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.  

Yangi aralashma suvga, keskin iqlim sharoitiga chidamli, past haroratda mustahkamlikni saqlaydi.  

Issiq asfaltdan foydalanib, shaharlar, chekka mintaqalardagi yo‘llarni sifatli ta’mirlash mumkin. Faqat ba’zi hududlarda harorat keskin o‘zgarishi qoplama chidamliligiga salbiy ta’sir qiladi.