Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda bortida 115 yo‘lovchi bor samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashib ketdi
13:50 / 2020-11-11

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyot Atirau shahridan havoga ko‘tarilganda qushlar galasi bilan tuqnashgan.

Bortida 115 yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi eson-omon aeroportga qaytib qo‘ngani aytilmoqda.

Hech kim jabrlanmagan, deb ma’lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

Voqea seshanba kuni oqshom payti sodir bo‘lgan.

Kompaniya tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin 12 daqiqa o‘tib yerga qo‘ngan.

"Qushlar muammosi hozir eng dolzarb masala, afsuski unga qarshi hech qanday kurash olib borilmayapti. Faqat ekipajning yuqori mahorati tufayli samolyot muvaffaqiyat bilan yerga qo‘ndirildi”, deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda.

 

O‘zA